add

«Poytaxt bank»ka kelgan yangi rahbar nimalarni va’da qilmoqda?

03.09.2025 | 10:3039463

«Poytaxt bank»da yangi rahbar tayinlandi — kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, Abror Turg‘unov bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

«Poytaxt bank»ka kelgan yangi rahbar nimalarni va’da qilmoqda?
1983 yilda Toshkentda tug‘ilgan Turg‘unov 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini «Marketing» yo‘nalishi bo‘yicha, 2013 yilda esa Bank-moliya akademiyasini «Investitsiyalar boshqaruvi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 2024 yil iyunidan «Poytaxt bank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab keldi va chakana kreditlash, xazina, iqtisodiy tahlil, strategik rivojlanish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarini boshqargan. Bankning yagona korporativ ma’lumotlar portalida bildirilishicha, ushbu qaror 28 avgust kuni qabul qilingan. Unga qadar mazkur lavozimni Do‘stboy Abjalov egallab kelgan. Shu bilan birga, bankning moliyaviy strategiyasi ham yangilanmoqda. Yaqin vaqtlarda «Poytaxt bank» 400 mln dona oddiy aksiya chiqarib, ustav kapitaliga 400 mlrd so‘m qo‘shmoqchi. Barcha aksiyalarni yagona aksiyador — BAAdagi Bond Investments Limited sotib oladi. Hozirda bankning ustav kapitali 100 mlrd so‘mni tashkil etsa, 2025 yildan kamida 500 mlrd so‘mga yetkazish talabi belgilangan. Ma’lumot uchun, «Poytaxt bank» 2019 yil boshida arzon uy-joy dasturlarini moliyalashtirish va ipoteka kreditlarini taqdim etish maqsadida tashkil etilgan. Avvaliga uning 100 foiz aksiyalari Toshkent shahar hokimligiga tegishli edi. 2024 yilda bank BAAning Bond Investments Limited kompaniyasiga 10 mln dollar evaziga sotilib, xususiylashtirildi.

Teglar

Mavzuga oid