add

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qanday vakolatlarga ega?

17.07.2025 | 12:0040253

2025 yil 23 iyun kuni Prezident farmoniga ko‘ra Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan edi. 14 iyul kuni qabul qilingan farmon bilan esa yangi boshqaruv vakolatlari bilan ta’minlandi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qanday vakolatlarga ega?
2025 yil 14 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Farmonga asosan, Prezident administratsiyasi rahbari — Saida Mirziyoyevaga muhim tashkiliy va moliyaviy vakolatlar berildi. Mirziyoyeva prezident maslahatchilari va bo‘linmalar rahbarlarining o‘rinbosarlarini tayinlash va ozod etish, shuningdek, boshqaruv xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ekspertlarni jalb qilish va ularga ish haqini belgilash huquqiga ega. Uning tasarrufiga shtat jadvali, xarajat smetasi, moddiy yordam va mukofotlar bilan bog‘liq hujjatlarni tasdiqlash huquqi ham berildi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ishga jalb qilish, ularga milliy yoki xorijiy valyutada haq to‘lash huquqini oldi. Moliyalashtirish manbasi sifatida Administratsiya faoliyatiga ko‘maklashish jamg‘armasi ko‘rsatilgan. Kommunikatsiyalar, rivojlantirish loyihalari, davlat dasturlari va nazorat ishlari bo‘yicha ham keng chora-tadbirlar belgilab berilgan. Prezident maslahatchilari va bo‘linma rahbarlari doimiy monitoring va tahlil olib borishi, muloqot va hamkorlikni kuchaytirishi shart qilib qo‘yilgan. Ular doimiy ravishda prezidentga takliflar kiritish bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga doir vazifalarni amalga oshirishlari kerak. Eslatib o‘tamiz, ayni farmon asosida Administratsiyadagi takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirilgan, 284 ta shtat qisqartirilgan va 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etilgan.

Teglar

Mavzuga oid