
Prezident Administratsiyasida yana yangi tayinlovlar amalga oshirildi
31.07.2025 | 21:5038722
31 iyul kuni Prezident farmoyishiga binoan Prezident Administratsiyasi departament rahbariyatida o‘zgarishlar qilindi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Prezidenti Administratsiyasining departamenti boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Unga ko‘ra:
Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;
Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.





