
Prezident kriptovalyuta orqali to‘lovlarni sinovdan o‘tkazish topshirig‘ini berdi
11.09.2025 | 08:2038633
O‘zbekistonda kriptovalyuta orqali haq to‘lash mumkin bo‘ladi. Buni amaliyotda sinash bo‘yicha radikal tashabbuslarni ilgari surildi

2025 yil 10 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda ishtirok etdi. Unda u kriptovalyuta singari raqamli aktivlarni amaliyotda sinash bo‘yicha radikal tashabbuslarni ilgari surdi. Prezident steyblkoynlarni to‘lov vositasi sifatida testdan o‘tkazish hamda qimmatli qog‘ozlarni tokenlashtirishni amalga oshirishni topshirdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pakning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank bilan hamkorlikda kriptovalyuta va tokenlardan to‘lov sifatida foydalanish imkoni to‘liq o‘rganiladi. Bu loyiha orqali raqamli moliya vositalarining O‘zbekistondagi kelajagi aniqlanadi. Ekspertlar ushbu kriptovalyuta vositasini amaliyotdagi steyblkoyn sifatida baholamoqda.
Tokenning barqaror qiymati xalqaro hisob-kitoblarda qulaylik yaratadi, deydi Digital & Analogue Partners kompaniyasi hamkori Yuriy Brisov. Uning fikricha, bu instrument Rossiya bozorida juda dolzarb bo‘lib, O‘zbekiston biznesi uchun yangi eshiklarni ochadi.
Shu bilan birga, Humo tokeni hech qaysi davlat yoki siyosiy manfaatlarga bog‘lanmagani ta’kidlandi. Undan global savdoda va transchegaraviy to‘lovlarda foydalanish rejalashtirilgan. Loyiha barcha xalqaro talablarga mos ravishda ishlab chiqilmoqda.





