Prezident nutqida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar e’lon qilindi
21.08.2025 | 15:3019943
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni Yangi Toshkentda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotdagi nutqida 4241 ta so‘z ishlatgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) Shavkat Mirziyoyevning 20 avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan kuni Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti chog‘idagi nutqining lingvistik tahlilini e’lon qildi.
Lingvistik tahlil natijalarida eng ko‘p qo‘llanilgan atama «tadbirkor» bo‘lib, u 107 marta tilga olingan. Shuningdek, «biznes» – 34 marta, «korxona» – 29 marta, «soliq» – 21 marta ishlatilgan. «Investitsiya», «loyiha» va «kredit» so‘zlari 15 martadan, «tizim» – 14 marta, «sharoit», «bank» va «startap» – 13 martadan, «eksport» esa 12 marta tilga kiritilgan.
Nutqda ayrim iboralar ham ko‘p takrorlangan. Jumladan, «biznes vakillari» – 8 marta, «ochiq muloqot» – 7 marta, «imtiyozli kredit» – 4 marta tilga olingan. «Yangi O‘zbekiston», «kichik biznes», «yosh tadbirkor» kabi iboralar esa 3 martadan qo‘llangan.
ITIM ta’kidlashicha, Prezident nutqida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va kredit imkoniyatlarini kengaytirish, soliq yukini yengillashtirish, eksport salohiyatini oshirish va biznes muhitini yaxshilash masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
So‘nggi yillar tahlillari ham «tadbirkor» atamasi Prezident muloqotlarida doimo markaziy o‘rinni egallab kelayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, «kredit» va «investitsiya» kabi so‘zlarning muntazam qo‘llanilishi moliyalashtirish va sarmoya jalb qilishga ustuvor ahamiyat qaratilganidan dalolat bermoqda.