add

Prezident O‘zbekistonda qancha oltin-valyuta zaxiralar borligini aytdi

Mirziyoyevga ko‘ra, yil yakuni bilan yalpi ichki mahsulot 130 milliard dollar bo‘ladi.

Prezident O‘zbekistonda qancha oltin-valyuta zaxiralar borligini aytdi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oshdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ma’lum qildi. Prezidentga ko‘ra, o‘tgan sakkiz yilda mamlakatga qariyb 130 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib kelgan. Mirziyoyevga ko‘ra, keyingi sakkiz yilda yalpi ichki mahsulot 2 karra oshib, o‘tgan yili 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetgan. Ta’kidlanishicha, yil yakuni bilan yalpi ichki mahsulot 130 milliard dollar bo‘ladi. «Bularning barchasi islohotlar samarasi, taraqqiyotimizning mustahkam kafolati, nufuzli moliya institutlari va xorijiy kompaniyalarning yuksak ishonchi tufaylidir», - dedi Mirziyoyev.

Teglar

Mavzuga oid