add

Prezident: O‘zbekistonda «Raqamli hukumat» bosqichiga o‘tish vaqti keldi

02.07.2025 | 12:0029133

Prezident raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohasidagi yutuqlar bilan tanishar ekan, mamlakat endi «Raqamli hukumat» bosqichiga o‘tishi zarurligini ta’kidladi. Bu jarayon aholi ko‘p foydalanadigan sohalardan boshlanishi lozim.

Prezident: O‘zbekistonda «Raqamli hukumat» bosqichiga o‘tish vaqti keldi
O‘zbekiston Prezidenti raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu sohalar uchun yaratilgan imkoniyatlar katta natijalarga olib kelmoqda. Ayni paytda IT-park rezidentlari soni 2 ming 800 tadan oshdi, xorijiy kompaniyalar esa 752 taga yetdi. Bu orqali 40 ming nafar yoshlar yuqori daromad topayotgani qayd etildi. Oxirgi 5 yilda soha eksporti 170 million dollardan 1 milliard dollarga yaqinlashgan. Shu bilan birga, internet tezligi 7 barobar, mobil internet tezligi esa 4,5 barobar oshdi. Prezident ta’kidlaganidek, O‘zbekiston «Global startaplar indeksi» reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, «TOP-100»likka kirdi. Shuningdek, «Sun’iy intellektga tayyorlik» indeksida 17 pog‘ona yuqorilab, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi. Telekommunikatsiya sohasida esa MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallagan. Davlat rahbari mamlakat «Raqamli hukumat» bosqichiga o‘tishi zarurligini bildirib, bu jarayonni ta’lim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalarda joriy etishni taklif qildi. Ushbu yo‘nalishlarda qator yangi loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

Teglar

Mavzuga oid