add

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqot boshladi

20.08.2025 | 13:1636245

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi. Uchrashuv davlat va biznes o‘rtasidagi muammolarga amaliy yechim topish maqsadida o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqot boshladi
«Bugun shuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir ish o‘rni, qad ko‘tarayotgan har bir korxona, xalqimiz og‘irini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport bo‘layotgan har bir mahsulot – sizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, tashabbus va izlanishingiz mahsulidir», — dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Hozir gapirayotgan raqamlarni bir paytlar tasavvur qila olmasdik — Mirziyoyev Prezidentimiz islohotlarning ilk kunlaridanoq tadbirkorlar bilan hamfikrlik asosida Yangi O‘zbekistonni qurishga kirishilganini eslatdi. So‘nggi sakkiz yilda iqtisodiyotga 230 milliard dollar sarmoya yo‘naltirilgan, shundan 120 milliard dollardan ortig‘i xorijiy investitsiyadir. 1
«Bir qarashda aytishga oson ushbu raqamni oldinlari hisob-kitob qilish tugul, tasavvur qilib ham bo‘lmasdi. Lekin biz buni uddaladik», — dedi Prezident.
Jahon iqtisodiyoti qiyin vaziyatda bo‘lishiga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti joriy yilning birinchi yarim yilligida 7,2 foizga o‘sgani qayd etildi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini iqtisodiyotda yanada yuqori natijalar keltiradi — Mirziyoyev Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, yaratilgan shart-sharoitlar tufayli minglab mikro va kichik biznes sub’ektlari qisqa vaqt ichida o‘rta va yirik korxonalarga aylandi. Masalan, 1 600 ta mikro korxona bir yil ichida aylanmasini 10 milliard so‘mdan oshirib o‘rta biznesga o‘tgan, 143 ta korxona esa 100 milliard so‘mdan ko‘proq aylanma bilan yirik biznes qatoriga qo‘shilgan. 2 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili aylanmasi 1 trln so‘mdan oshgan 203 ta korxona bo‘lgan bo‘lsa, bu yilning olti oyida yana 47 ta yirik korxona vujudga keldi. Biznesni soya iqtisodiyotidan chiqarish orqali 139 ming korxonada ish o‘rinlari 811 mingtaga ko‘paygan, 273 ming korxonada ish haqi fondi 22 foizga oshgan. Xususiy sektorda o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yili 4 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib 5 mln so‘mga yaqinlashdi. Prezidentning ta’kidlashicha, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini izchil davom ettirish iqtisodiyotda yanada yuqori natijalarga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqot boshladi | Vaqt.uz