
Prezidentni haqorat qilgan fuqaro Ozarboyjonda ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
24.07.2025 | 21:2912992
Yusupov Amonbek Abdulxaqovich Ozarboyjonda ushlanib, rasmiy Toshkent so‘roviga binoan yurtiga ekstraditsiya qilindi.

Ozarboyjon hukumati O‘zbekiston Bosh prokuraturasining rasmiy so‘roviga ko‘ra, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 1982 yilda tug‘ilgan Yusupov Amonbek Abdulxaqovichni ekstraditsiya qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u O‘zbekistonda davlat rahbarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan va uzoq vaqtdan beri qidiruvda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Yusupov 2025 yil aprel oyida Ozarboyjon hududida qo‘lga olingan va unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq jazosi belgilangan.
Uning ekstraditsiyasi 2002 yil 7 oktyabrda imzolangan «Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida»gi Konvensiya asosida amalga oshirilgan.





