add

Prokuror, sudya yordamchisi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

13.09.2025 | 13:3015493

Surxondaryo, Andijon va Jizzaxda huquqni muhofaza qilish tizimi vakillari pora olayotganda ushlandi.

Prokuror, sudya yordamchisi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori Denov tumanidagi tergov ishini to‘xtatib qo‘yish uchun 2000 dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, avvval prokurorning plastik kartasiga 5 mln so‘m o‘tkazilgan, keyin esa 1300 dollarni naqd olgan paytida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Prokurorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoqqa olindi. Andijonda esa viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi 500 dollar talab qilgan. U 200 dollarini olgan, qolgan 3 mln 800 ming so‘mni qabul qilgan vaqtda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Sudya yordamchisiga ham jinoyat ishi ochildi va ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanildi. Jizzaxda advokat o‘z mijozi bilan til biriktirib, mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 6000 dollar talab qilgan. DXX va prokuratura organlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ular pulni qabul qilib olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Uchala holatda ham pora talab qilgan va olgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari asosida ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid