add

Putin G‘arb iqtisodiyotining yaqin vaqtda halokatga uchrashini bashorat qildi

28.06.2025 | 14:3047263

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti yaqin vaqtda halokatga uchraydi, degan fikrni bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu davlatlar doim Rossiyani yo‘q qilishga urinib kelgan, ammo o‘zlari halokat yoqasida turibdi.

Putin G‘arb iqtisodiyotining yaqin vaqtda halokatga uchrashini bashorat qildi
Minskdagi Yevroosiyo iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Putin Rossiya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yili 4,3 foizga o‘sganini, yevro hududida esa bu ko‘rsatkich faqat 0,9 foizni tashkil etganini eslatdi. Shu bilan birga, 2025 yil boshidan Rossiyada iqtisodiy o‘sish to‘rt baravar pasayib, birinchi chorakda 1,4 foizni tashkil etdi. Putin buni iqtisodiyotda inflyatsiyani to‘xtatish uchun rejalashtirilgan chora deb baholadi. Uning aytishicha, inflyatsiyaning ortishi armiya uchun ajratilgan 13,5 trln rubl yoki yalpi ichki mahsulotning 6 foizidan ortig‘i miqdoridagi xarajatlar ortidan yuz berdi. Putin G‘arbning Rossiya neftiga narx chegarasini tushirish va yangi sanksiyalarni joriy etish rejalari ularning o‘ziga zarar keltirishini ta’kidladi. U neft va gaz narxlari o‘zgaruvchanligini qayd etib, Yaqin Sharqda yangi mojaro yuzaga kelsa, energetika bozorida narxlar yanada keskin ko‘tarilishi mumkinligini bildirdi. Putin avvallari ham G‘arb iqtisodiyoti halokatga yuz tutishini bashorat qilgan. U AQSHni jahon iqtisodiyotidan dollar rezerv valyutasi maqomi va katta davlat qarzi orqali foydalanishda ayblab keladi. Putin 2019 yilda AQSH sanksiyalari dollarga ishonchni yo‘qotishi orqali uni yiqitishini aytgan edi. 2021 yilda esa Amerika uchun SSSRning taqdirini bashorat qilgan, keyingi yillarda esa dollarning ahamiyati pasayib borayotganini ta’kidlagan. Lekin uning taxminlari o‘ngidan kelganicha yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid