add

«Putin ham zamonaviy g‘arb armiyasi bilan to‘qnashsa nima bo‘lishini ko‘rdi» — harbiy jurnalist

13.06.2025 | 22:1713824

Isroil tomonidan Eron yadro ob’ektlariga berilgan hujum nafaqat mintaqadagi muvozanatni, balki global geosiyosiy manzarani ham silkitmoqda. Harbiy jurnalist Sergey Auslender operatsiya maqsadlari va oqibatlari haqida tahlil berdi.

«Putin ham zamonaviy g‘arb armiyasi bilan to‘qnashsa nima bo‘lishini ko‘rdi» — harbiy jurnalist
Isroilning keng ko‘lamli hujumi Erondagi yadro va harbiy ob’ektlarga qaratildi. Zarbalar natijasida Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni, Bosh shtab rahbari va yetakchi yadroviy fiziklar halok bo‘lgan. Isroil bunday hujumni Eronning yadro quroli yaratishga yaqinlashgani bilan izohladi. Tehron buni rasman «urush e’loni» deb baholadi. Isroillik harbiy jurnalist Sergey Auslenderning ta’kidlashicha, zarbalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Eron yadro dasturini bartaraf etish. Isroil uchun bu mamlakatning mavjudlik masalasidir. Shu bilan birga, Eron harbiy qudratiga zarba berish va imkoni bo‘lsa, rejimni qulatish ham ko‘zlangan. Ammo bu so‘nggi maqsad Isroil imkoniyatlaridan tashqarida, deydi mutaxassis. Unga ko‘ra, operatsiya samarasi keyinroq ma’lum bo‘ladi — hujumlar ta’siri aniqlangandan keyin. Hozircha Isroil Eron havo hududida mutlaq ustunlikka erishgan. Eron tomonidan hech qanday qarshilik qayd etilmagan. AQSHning roli to‘g‘risida esa izohlar bor: ayrim zarbalar Iroq havo hududidan turib amalga oshirilgan. Bu Vashington bu operatsiyadan xabardor bo‘lganini anglatadi. AQSH, ehtimol, logistika yoki axborot bilan yordam bergan. Muhim savollardan biri — to‘qnashuv qancha davom etadi? Jurnalist ikki ssenariyni qayd etdi: qisqa, lekin shiddatli urush yoki Eron tomonidan urushni cho‘zish orqali Isroilni zaiflashtirish urinishi. Har qanday holatda, Isroil radarlar va uchirish qurilmalariga yo‘naltirilgan hujumlarni davom ettiradi. Bu voqealar Putin uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. U NATO kabi zamonaviy g‘arb armiyasining salohiyatini amalda ko‘rdi. Eron va Rossiyaning harbiy salohiyati o‘xshash — demak, bu urushdagi kiber va havo ustunligi Putinga mustahkam saboq bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid