add

Putin Lavrovning «sharmanda bo‘lgani» haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Bugun 21:5224761 Daqiqa

Shuningdek, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Lavrov atrofidagi mish-mishlarga izoh bergan.

Putin Lavrovning «sharmanda bo‘lgani» haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «sharmanda bo‘lgani» haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. U bu xabarlarni «safsata» deb atadi.

Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi. Uning aniqlik kiritishicha, vazir ishni davom ettirmoqda va AQSH bilan aloqalarga tayyorlanmoqda.

«Uning o‘z ish jadvali bor. U menga hisobot berdi, nima bilan shug‘ullanishini aytdi»,- dedi prezident.

Rossiya prezdenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Lavrov odatiy rejimda ishlayotganini aytgan edi.

«Unda hammasi joyida», - dedi u.

Peskov The Economic Times va The Independent nashrlariga shunday izoh berdi, ular Lavrov «Putinning Donald Tramp bilan Budapeshtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sammiti muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun» yoqmadi, deb yozgan edi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, bunga Lavrovning AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muvaffaqiyatsiz muloqoti sabab bo‘lgan.

Nashrlar Lavrovning Rossiya Xavfsizlik kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etmaganiga ham e’tibor qaratgan. Ularning versiyasiga ko‘ra, bu uning Kreml bilan munosabatlaridagi keskinlik fonida sodir bo‘lgan.

Xuddi shu materiallarda Lavrov G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilmasligi aytilgandi.

Teglar

Mavzuga oid