add

Putin: «Men imperator emas, prezidentman. Meni xalq saylagan»

02.10.2025 | 23:081532

Putindan o‘zini imperator Aleksandr I kabi his qilyaptimi yoki yo‘qligini so‘rashdi.

Putin: «Men imperator emas, prezidentman. Meni xalq saylagan»
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putindan «Valday» xalqaro munozara klubi yig‘ilishida «yangi dunyo tuzilishi bo‘yicha muzokaralarni shaxsan olib borgan» Vena kongressida o‘zini imperator Aleksandr I kabi his qilmayaptimi, deb so‘rashdi. Prezident o‘zini bunday sezmayotganini aytdi. Putin o‘zining prezident ekanini va «xalq tomonidan ma’lum muddatga saylanganini» aytdi. «Buning farqi katta», — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Putin. 2020 yilda Vladimir Putin TASSga bergan intervyusida uni qirol deb atash mumkinligiga rozi bo‘lmagandi. Prezidentning ishontirishicha, «podshoh faqat buyruq beradi», o‘zi esa har kuni ishlaydi. O‘shanda suhbatdoshning prezident «bir umr biz bilan qoladimi», degan savoliga Putin «Agar xohlasangiz», deb javob bergandi.

Teglar

Mavzuga oid