add

Putin odamlarga 150 yillik umr ham pul kabi kamdek tuyulishini aytdi

Bugun 09:551691

Unga ko‘ra, Rossiya o‘rtacha umr davomiyligini oshirishga qaratilgan dasturlarni kuchaytirmoqda.

Putin odamlarga 150 yillik umr ham pul kabi kamdek tuyulishini aytdi

Rossiya o‘rtacha umr davomiyligini oshirishga intilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin Sbera AI Journey konferensiyasida ma’lum qildi. U kelajakda odamlar 150 yoshgacha yashashi mumkinligini taxmin qildi.

«Ba’zi mutaxassislar, xususan xitoylik mutaxassislar, nazariy jihatdan inson 150 yil yashashi mumkin bo‘lgan sharoit yaratishning imkoni borligini aytmoqda. Lekin, bu ham baribir kam. Xuddi pul kabi — qancha bo‘lmasin, doim kam», - dedi 73 yoshli prezident.

Uning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada ayollarning o‘rtacha umr davomiyligini 80 yoshga, erkaklarniki esa undan biroz kamroqqa yetkazishga intilishmoqda. U ba’zi mamlakatlarda umr davomiyligi allaqachon 80 yoshdan oshganini qo‘shimcha qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Putin odamlarga 150 yillik umr ham pul kabi kamdek tuyulishini aytdi | Vaqt.uz