add

Putin O‘zbekiston Bosh Prokurorini "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi

16.10.2025 | 18:2033312

O‘zbekiston Bosh Prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev MDH maydonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi Rossiya Prezidenti tomonidan mukofotlandi.

Putin O‘zbekiston Bosh Prokurorini "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston Bosh Prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlashga oid farmoni e’lon qilindi. Mukofot Yo‘ldoshevga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun berildi. Farmon bilan, shuningdek, Tojikistonning sobiq bosh prokurori, respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon va Venesuela Bolivar Respublikasining Karakas shahri meri Melendes Rivas Karmen Tereza "Do‘stlik" ordenlari bilan taqdirlandi.

Teglar

Mavzuga oid