add

Putin Tramp bilan BAAda uchrashmoqchi. Hozircha Zelenskiy chaqirilmaydi

07.08.2025 | 18:3041003

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvga BAA mezbonlik qilishi mumkinligi bildirildi.

Putin Tramp bilan BAAda uchrashmoqchi. Hozircha Zelenskiy chaqirilmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashuv bo‘yicha tayyorgarliklarni muhokama qilar ekan, ehtimoliy sammitga nisbatan qiziqish ikki tomondan ham borligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, uchrashuv joyi sifatida Birlashgan Arab Amirliklari tanlanishi mumkin. Putinning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning «do‘stlari» ko‘p va ular uchrashuvni tashkil etishda yordam berishga tayyor. «Bu do‘stlardan biri – BAA prezidenti. Menimcha, biz bu masalani hal qilamiz. Bu joy to‘liq mos keladigan va maqbul joylardan biri bo‘lishi mumkin», — degan Vladimir Putin. Rossiya prezidenti bu bayonotni Kremlga yaqin ommaviy axborot vositalari orqali bergan va «Rossiya–AQSH» sammiti bo‘yicha muzokaralar joriy etilayotganini tasdiqlagan. Shuningdek, Putin Volodimir Zelenskiy bilan ham uchrashish imkoniyati mavjudligini tan oldi. Biroq bu faqatgina «zarur shartlar yaratilgandan so‘ng» amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu shartlar hozircha mavjud emas. Putinning ushbu bayonoti Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar yanada qiyinlashgan, Ukrainadagi urush esa davom etayotgan bir paytda yangradi. Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan keyin Putin bilan uchrashish ehtimoli yana kun tartibiga qaytdi. Rossiya rasmiylari sammitga doir boshqa tafsilotlarni ma’lum qilmagan. AQSH tomoni ham hozircha rasmiy izoh bermagan.

Teglar

Mavzuga oid