add

Putin va Si Jinping «o‘lmaslik» haqida suhbatlashdi

03.09.2025 | 21:2011833

Ularning suhbatidan ayrim parchalar rasmiy translyatsiyaga tushib qolgan.

Putin va Si Jinping «o‘lmaslik» haqida suhbatlashdi
XXR raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad boshlanishidan oldin zamonaviy texnologiyalar yordamida umr davomiyligini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishgan. Bloomberg nashrining xabar berishicha, ularning suhbatidan ayrim parchalar rasmiy translyatsiyaga tushib qolgan. Suhbat Si va Putin (ularning yonida shu paytda KXDR rahbari Kim Chen In ham bo‘lgan) parad boshlanishidan bevosita oldin minbarga ko‘tarilayotganlarida yuz bergan. Parchaning boshida Si Jinping xitoy tilida «hozirgi kunda» va «70 yil» degan so‘zlarni aytgani eshitiladi. So‘ngra Putinning tarjimoni rus tilida shunday deydi: «Ilgari odamlar kamdan-kam 70 yoshgacha umr ko‘rardi, bugungi kunda esa 70 yoshda o‘zingizni boladek his qilishingiz mumkin, deyishmoqda», - deya tarjima qiladi. So‘ngra xitoylik tarjimon Si Jinpingning so‘zlariga Putinning javobini yetkazayotgani eshitiladi: «Biotexnologiyalarning taraqqiyoti tufayli inson a’zolarini muntazam ravishda ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lib, odamlar o‘zlarini tobora yosh his qilishlari va hatto umrboqiylikka erishishlari mumkin». «Bashoratlar ko‘rsatishicha, bu asrda 150 yoshgacha umr ko‘rish imkoniyati mavjud», - deya javob beradi Si, shundan so‘ng efir boshqa kameraga o‘tkaziladi. Putin va Si Jinping 72 yoshga to‘lgan. Putinning beshinchi prezidentlik muddati 2030 yilda yakunlanadi. Si Jinpingning hozirgi — uchinchi vakolat muddati esa 2028 yilda nihoyasiga yetadi.

Teglar

Mavzuga oid