add

Putin va Uitkoff muzokaralari: Rossiya rahbari Ukraina masalasida AQSHga ba’zi signallar berdi

06.08.2025 | 23:0043943

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSHning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokara o‘tkazdi. Suhbat uch soatdan ziyod davom etgan.

Putin va Uitkoff muzokaralari: Rossiya rahbari Ukraina masalasida AQSHga ba’zi signallar berdi
Putin va Uitkoff o‘rtasidagi uchrashuv, rasmiylarga ko‘ra, foydali va konstruktiv tarzda o‘tgan. Kreml matbuot xizmatining bayonotida aytilishicha, muzokaralarda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hamda Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etgan. «Mavzulardan asosiysi — Ukraina inqirozi. Shuningdek, Rossiya-Amerika strategik hamkorligining rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilindi», — dedi Ushakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin muzokara paytida AQSHga ma’lum «signallar» bergan. Ushakovning ta’kidlashicha, bu signallar AQSH prezidenti Donald Trampdan ham olingan. Biroq Kreml hozircha uchrashuv mazmuniga oid to‘liq sharh berishdan tiyildmoqda. «Trampga bu uchrashuv natijalari haqida hali ma’lumot berilmagan. Shuning uchun men batafsilroq izoh berishdan o‘zimni tiygan bo‘lardim. Ko‘ramiz, Uitkoff bugun bo‘lib o‘tgan suhbat haqida Trampga qachon xabar berarkin. Shundan so‘ng, shubhasiz, sharhlarimni yanada muhimroq narsa bilan to‘ldirishimiz mumkin bo‘ladi», — dedi Ushakov. Malumot o‘rnida, Uitkoff bu yil Rossiyaga beshinchi marta tashrif buyurmoqda. U Moskvaga 6 avgust kuni tongda yetib keldi.

Teglar

Mavzuga oid