add

Putinga bojxona tushumlarining keskin pasayib ketgani haqida ma’lum qilindi

25.10.2025 | 09:274681

Rossiya Federal bojxona xizmati bu yil davlat budjetiga 5,96 trln rubl yig‘ishni rejalashtirgan. Ammo aslida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kamayiishi kutilmoqda.

Putinga bojxona tushumlarining keskin pasayib ketgani haqida ma’lum qilindi

The Moscow Times nashrining yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakat bojxona tizimidagi yangi iqtisodiy muammo haqida ma’lum qilindi. Federal bojxona xizmati (FBX) rahbari Valeriy Pikalyovning aytishicha, 2025 yil yakunigacha davlat xazinasiga jami 5,965 trln rubl tushishi kutilmoqda.

«Hozirgacha byudjetga 4,5 trln rubl o‘tkazilgan. Shuning 3,745 trln rubli import, 400 mlrd rubli eksport, qolgan 343 mlrd rubli boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi», — dedi Pikalyov Putin bilan uchrashuvda.

Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, FBXning yig‘imlari o‘tgan yilga nisbatan 1,4 trln rublga — ya’ni 19 foizga kamaygan. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 7,35 trln rublni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda — 6,62 trln, 2022 yilda — 6,2 trln, 2021 yilda — 7,15 trln, pandemiya yilda esa 4,75 trln rubl bo‘lgan.

Ilgari Rossiya Moliya vazirligi FBXdan 2025 yil uchun 8 trln rubl yig‘ilishini kutgan edi. Ammo asl natija rejadan 2 trln rubl — yoki 25 foizga past bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid