
Qamashida erkak ikki ayolni pichoqlab o‘ldirdi
13.10.2025 | 12:3048212
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar bir oilaning qizi va kelini bo‘lgan. Qotillikda gumonlanuvchi esa oilaning kuyovi bo‘lgan.

12 oktyabr kuni kechqurun Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki ayol pichoqlab o‘ldirilgan. Gumonlanuvchi ularning qarindoshi — oilaning kuyovi bo‘lgan.
Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi nafaqadagi sobiq harbiy xizmatchi bo‘lib, hozirda maktabda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirda u huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan va tergov harakatlari boshlangan.





