add

Qamchibek Tashiyev: «Qirg‘iziston poytaxti Manasga ko‘chirilishi mumkin»

12.10.2025 | 12:3123663

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Manas shahri kelgusida mamlakat poytaxti bo‘lishi ehtimolini istisno etmadi.

Qamchibek Tashiyev: «Qirg‘iziston poytaxti Manasga ko‘chirilishi mumkin»
Qamchibek Tashiyev ma’lum qilishicha, 2026 yilda Manasga respublika ahamiyatidagi uchinchi shahar maqomi beriladi. Uning ta’kidlashicha, Jalolobodning Manas deb qayta nomlanishi strategik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lgan, chunki shahar mamlakat rivojlanishida muhim ahamiyat kasb eta boshlagan.
«Ayrim siyosatchilar Manas poytaxt bo‘ladi, deb aytishgan. Agar biz bunga munosib bo‘lsak, nega yo‘q? Vaqt ko‘rsatadi. Ammo bu uchun shahar va xalq tayyor bo‘lishi, psixologik jihatdan ham omadga yetaklanishi lozim. Poytaxt bo‘lish oson emas: katta mablag‘ talab etiladi, infratuzilmani yangilash va shaharni zamonaviy qilish zarur», — dedi Tashiyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir Manasda qurilish va infratuzilma ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Bu shaharni Qirg‘izistonning eng rivojlangan va zamonaviy markazlaridan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Jalolobod shahri nomi 17 sentyabr kuni rasman Manasga o‘zgartirilgan. U yerda 184 mingdan ziyod aholi yashaydi va ularning taxminan 30 foizi o‘zbeklardir.

Teglar

Mavzuga oid