Qamchibek Tashiyevning ukasi IIVga so‘roqqa chaqirildi

Bugun 21:041 daqiqa

Deputat Shairbek Tashiyev hozirda IIVning Bosh tergov boshqarmasida bo‘lib turibdi.

Qamchibek Tashiyevning ukasi IIVga so‘roqqa chaqirildi

Jogorku Kenesh deputati Shairbek Tashiyev Ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa chaqirildi. Bu haqda 24.kg nashri manbalarga tayanib, xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, deputat hozirda IIVning Bosh tergov boshqarmasida bo‘lib turibdi.

Uning qaysi jinoyat ishi doirasida va qanday maqomda — guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilinayotgani hozircha noma’lum.

Ta’kidlash joizki, Shairbek Tashiyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi hisoblanadi.

Maqola e’lon qilingan vaqtda IIV yoki Shairbek Tashiyevning o‘zidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid