add

Qashqadaryoga suv ta’minoti uchun 800 mlrd so‘m ajratiladi

20.06.2025 | 16:4028763

So‘nggi 8 yilda Qashqadaryo viloyatida markazlashgan suv ta’minoti darajasi 32 foizdan 61 foizgacha oshgan. Bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha eng past darajalardan biri ekani qayd etildi. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash maqsadida bu yil viloyatga 800 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Qashqadaryoga suv ta’minoti uchun 800 mlrd so‘m ajratiladi
Ajratiladigan mablag‘lar hisobiga 183 kilometr uzunlikdagi suv va kanalizatsiya tarmoqlari, shuningdek, 8 ta suv inshootining qurilishi yakunlanishi lozim. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga bu ishlar amaliy natija berishi kerakligini ta’kidlab, loyihalarni aniq muddatda yakunlashni topshirdi. Qarshi shahrida markazlashgan suv ta’minoti 97 foizga yetgan bo‘lsa-da, suv yetkazib berishda asosiy rol o‘ynaydigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan ko‘pi muruvvatga muhtoj. Suv yo‘qotish yuqori darajada, bu esa aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlashga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Shu bois Prezident «Qanchalik qiyin bo‘lmasin, Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tortish kerak», deya ta’kidladi. Ushbu loyiha bo‘yicha taklif tayyorlash mutasaddilar zimmasiga yuklatildi. Bundan tashqari, Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini yaxshilash ishlarini joriy oyda boshlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu maqsadda xalqaro moliya institutlaridan 60 million dollar jalb qilingan. Amalga oshiriladigan islohotlar viloyat aholisining turmush sifatini yaxshilash va sanitariya talablariga javob beradigan infratuzilma yaratishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid