
Qaysi banklardan kredit karta ochsa bo‘ladi?
Hozirgi paytda O‘zbekistondagi 35 ta bankdan 7 tasi kredit karta taklif qilmoqda. Vaqt.uz qanday qilib kredit karta ochish va ularning shartlari haqida ma’lumot beradi.

Bundan bir necha yil oldin kredit kartalari hozirgidek ommabop emasdi. Biroq, banklardagi qulay takliflarning ko‘payib borishi ortidan so‘nggi yilllarda kredit kartalardan foydalanish ko‘paymoqda.
Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz to‘lashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bank kartasi.
Kredit kartaning qulayligi foizlar ruxsat berilgan limit doirasida emas, balki haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi.

Foto: Markaziy bank
O‘zbekistonda ayni paytda 35 ta bankdan 7 tasida kredit karta rasmiylashtirish mumkin. Limit xuddi mikroqarzlar kabi maksimal 100 mln so‘mgacha.
“Agrobank” kredit kartasi
Foizi — ish haqi loyihasidagi budjet tashkilotlari xodimlari uchun 27 foiz, rasmiy daromadga ega o‘zbeksitonliklar uchun 30 foiz;
Limit — 100 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — yo‘q;
Naqd pul yechish — faqat bankomat komissiyasi;
Kartani amal qilish muddati — 4 yil.
Ushbu bank kredit kartalari “Agrobank”dan oylik oladigan budjet tashkiloti xodimlari uchun ayni muddao. Kartani bankka borib rasmiylashtirish kerak.
“Infinbank”dan “Infinblack”
Foizi — 25,55 foizdan 54,75 foizgacha;
Limit — 100 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 50 kun;
Naqd pul yechish — 2 foiz;
Kartani amal qilish muddati — 5 yil.
“Infinblack” kredit kartasi foizsiz davri tufayli foydali bo‘lishi mumkin. Karta uchun onlayn ariza qoldirish imkoniyati bor.
“TBC Bank”ning “Osmon”i
Foizi — 50 foizgacha;
Limit — 100 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 25 kundan 55 kungacha;
Naqd pul yechish — 3 foiz + bankomat komissiyasi;
Kartani amal qilish muddati — 5 yil.
“Osmon Card” kredit kartasi foizsiz davri eng ko‘p kredit kartalardan biri hisoblanadi. Kartani onlayn rasmiylashtiriladi va manzilgacha yetkazib beriladi.
“Ipak yo‘li bank”ning “Imkoniyatlar kartasi”
Foizi — 50 foizgacha;
Limit — 50 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 55 kungacha;
Naqd pul yechish — 2,5 foiz + bankomat komissiyasi;
Kartani amal qilish muddati — 5 yil.
“Imkoniyatlar kartasi” VISA to‘lov tizimida ishlaydi va undan butun dunyo bo‘ylab foydalanish mumkin. Karta egalari uchun har bir xaridga 0,5 foiz keshbek ham taqdim qilinadi.
“SQB”
Foizi — 26,9 foiz;
Limit — 100 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 55 kungacha;
Naqd pul yechish — 1,9 foiz + bankomat komissiyasi;
Kartani amal qilish muddati — 3 yil.
“SQB”ning “Yangi kredit kartasi”ni olish imkoniyati ayni paytda vaqtinchi to‘xtatilgan. Biroq, foiz stavkasining jozibadorligi kredit karta qayta yo‘lga qo‘yilganda e’tibor qilishga arziydi.
“Hamkorbank” kredit kartasi
Foizi — 40 foiz;
Limit — 50 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 50 kungacha;
Naqd pul yechish — 2 foiz + bankomat komissiyasi;
Kartani amal qilish muddati — 4 yil.
“Hamkorbank” kredit kartasiga ilovada ariza berib, bankdan olish mumkin.
“AVO bank”
Foizi — 74,9 foizgacha;
Limit — 100 mln so‘mgacha;
Foizsiz davr — 45 kungacha;
Naqd pul yechish — 29 000 so‘m + 8,9 foiz (“AVO” bankomatlaridan 1 foiz);
Kartani amal qilish muddati — 4 yil.
“AVO bank” kredit kartasidan birinchi xarid uchun 100 foizgacha keshbek taqdim qilinadi. Keyingi xaridlardan esa 1 foizgacha keshbek olish imkoniyati bor.
Aksariyat kredit kartalar VISA to‘lov tizimiga ulangan va ulardan chet elda ham foydalanish mumkin.
Kredit karta ochish jarayonida barcha banklardagi shartlar bilan tanishib chiqqan ma’qul. Havola orqali banklarning rasmiy saytidan batafsil ma’lumot olish tavsiya qilinadi.
Kredit karta uchun bank bilan kredit shartnomasini tuzayotganda shartnoma bilan to‘liq tanishib chiqish zarur.
Belgilangan summani o‘z vaqtida qaytarmaslik kredit tarixining yomonlashishiga, penya va jarimalarga sabab bo‘ladi.
Teglar






