
Qaysi davlatlar Isroil bilan eng ko‘p savdo aloqasiga ega?
23.05.2025 | 10:2025793
2024 yilda Isroilning tashqi savdo aylanmasi 153.2 mlrd dollarni tashkil etib, shundan 91.5 mlrd dollar import va 61.7 mlrd dollar eksportga to‘g‘ri keldi. Asosiy savdo sheriklari orasida AQSH, Xitoy va Irlandiya yetakchi o‘rinlarni egalladi.

AQSH Isroilning eng yirik eksport bozori bo‘lib, 17.3 mlrd dollarlik mahsulot sotib olgan. Irlandiya 3.2 mlrd dollar, Xitoy esa 2.8 mlrd dollarlik import bilan keyingi o‘rinlarda turdi. Hongkong, Niderlandiya, Germaniya va Hindiston ham muhim xaridorlar qatorida bo‘ldi.
Import bo‘yicha Xitoy 13.5 mlrd dollarlik mahsulot bilan birinchi o‘rinda turdi. AQSHdan 9.2 mlrd dollar, Germaniyadan esa 5.2 mlrd dollarlik tovarlar olib kirildi. BAA bilan savdo hajmi 2.75 mlrd dollarga yetdi, Turkiya bilan esa siyosiy keskinliklar tufayli import 56 foizga kamaydi.
Isroilning asosiy eksport mahsulotlari orasida elektron uskunalar (18 mlrd dollar), kimyoviy mahsulotlar va dori-darmonlar (10 mlrd dollar), zargarlik buyumlari va olmoslar (9 mlrd dollar), tibbiy va optik asboblar (7 mlrd dollar) hamda mineral mahsulotlar (5 mlrd dollar) mavjud.
Importda esa elektron uskunalar (19 mlrd dollar), transport vositalari (10 mlrd dollar), kimyoviy mahsulotlar (8 mlrd dollar), mineral mahsulotlar (7 mlrd dollar) va olmoslar (4 mlrd dollar) asosiy o‘rinni egalladi.
Siyosiy vaziyatlar savdo munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniya Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlari va G‘arbiy sohildagi siyosatlari tufayli erkin savdo muzokaralarini to‘xtatdi. Yevropa Ittifoqi ham Isroil bilan savdo hamkorligini qayta ko‘rib chiqmoqda.





