add

Qirg‘iziston milliy steyblkoin ishga tushirdi, raqamli qirg‘iz so‘mi tayyor

26.10.2025 | 19:002261

Binance asoschisi Chanpeng Jao Qirg‘izistonda milliy steyblkoin ishga tushirilganini va raqamli so‘m (CBDC) davlat hisob-kitoblarida joriy etilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Loyiha BNB Chain blokcheynida amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iziston milliy steyblkoin ishga tushirdi, raqamli qirg‘iz so‘mi tayyor

Qirg‘iziston raqamli moliya yo‘nalishida yangi bosqichga qadam qo‘ydi — mamlakat milliy steyblkoini ishga tushirildi va raqamli qirg‘iz so‘mi (CBDC) yaqin vaqtda davlat va rasmiy hisob-kitoblarda qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Binance kompaniyasi asoschisi Chanpeng Jao (CZ) o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston milliy steyblkoini BNB Chain blokcheyni asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, mamlakatda Milliy kriptovalyuta zaxirasi tashkil etilgan bo‘lib, unga BNB tokeni ham kiritilgan.

Binance Qirg‘izistonda texnologik va ta’lim loyihalarini ham rivojlantirmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Binance Academy mamlakatning 10 ta universiteti bilan hamkorlikni boshlaydi. Shuningdek, Binance ilovasi endilikda qirg‘iz tilida foydalanish uchun yangilangan.

Bishkekda bo‘lib o‘tgan tadbirda mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. U yerda Binance va EthSign platformasi o‘rtasida blokcheyn asosida raqamli yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

«Biz shunchaki sarmoya kiritish emas, balki strategik qiymat yaratishni maqsad qilamiz. Xursandmanki, @yzilabs minoritar investor sifatida qo‘shildi, EthSign jamoasi esa o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi», — deb yozdi Chanpen Chjao.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Qirg‘izistonning raqamli so‘m tashabbusi mintaqadagi ilk davlat darajasidagi CBDC loyihalaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy tizimni raqamlashtirish va xalqaro hisob-kitoblarda shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid