add

Qirg‘iziston qoramol eksportini 6 oyga to‘xtatdi

11.08.2025 | 14:0028433

Qirg‘iziston hukumati ichki bozorda go‘sht narxini barqarorlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yirik chorvani vaqtincha eksport qilishni cheklashni rejalashtirmoqda.

Qirg‘iziston qoramol eksportini 6 oyga to‘xtatdi
Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi va Qayta ishlash sanoati vazirligi tayyorlagan buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjatda yirik chorva, qo‘y, echki va otlarni mamlakatdan chiqarishga olti oylik taqiq joriy etish taklif qilingan. Bu chora ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror taqchilmasligi va narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Taqiq qator istisnolarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, reeksport, tranzit, YeAES hududidagi ichki harakatlar, sport otlarining musobaqalarda ishtirok etishi, davlat va xalqaro tashkilotlarga sovg‘a sifatida beriladigan otlar, hamda veterinariya xizmati tomonidan rasmiy ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladigan chiqarishlar. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu cheklovga asosiy sabablardan biri — 2025 yil o‘rtalarida YeAES davlatlarida go‘sht narxlarining keskin o‘sishi. Bunga yem-xashak va veterinariya dori vositalari qimmatlashi, go‘sht importi hajmining sanksiyalar tufayli kamayishi, logistika xarajatlarining oshishi, tirik chorva eksporti ko‘payishi va xususan, pichan narxining 30 foizgacha o‘sishi ta’sir ko‘rsatgan. Mutaxassislar fikricha, vaqtinchalik taqiq mahalliy bozorda go‘sht narxini pasaytirish va ichki ehtiyojni qondirishda muhim omil bo‘ladi. Avvalroq Toshkentdagi arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari xaqida xabar bergan edik. Mahsulotning asosiy qismi Pokiston, Belarus va Hindistondan import qilingan

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston qoramol eksportini 6 oyga to‘xtatdi | Vaqt.uz