add

Qirg‘izistondagi 6 ballik zilzila O‘zbekistonda sezildi

05.08.2025 | 18:5618692

Qirg‘izistonda ro‘y bergan 6 ballik zilzila O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida ham sezildi. Xususan, Toshkent shahri aholisi ham zilzila kuchi sezilganini yozmoqda.

Qirg‘izistondagi 6 ballik zilzila O‘zbekistonda sezildi

5 avgust kuni soat 18:44 da Qirg‘iz Respublikasi hududida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Toshkentdan 292 km shimoliy-sharqda, 15 km chuqurlikda joylashgan.

Epitsentrda yer silkinishi kuchi 6 ballga yetgan. To‘lqinlar O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida ham sezildi. Xususan, Andijon viloyatida 3–4 ball (epitsentrdan 68 km), Namangan viloyatida 3 ball (96 km) va Farg‘ona viloyatida 2–3 ball (131 km) darajasida kuzatildi.

Hozircha zilzila oqibatida zarar ko‘rganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q. Mutasaddi idoralar vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Meteorologiya va seysmologiya mutaxassislari ushbu zilzila O‘zbekiston uchun xavf darajasi past deb baholanganini, ammo aholi ehtiyotkorlik choralariga amal qilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koordinatalar 41,33 N, 72,71 E nuqtasiga to‘g‘ri keladi. Bu hudud Qirg‘izistonning janubiy qismida, Farg‘ona vodiysiga yaqin joyda joylashgan.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘izistondagi 6 ballik zilzila O‘zbekistonda sezildi | Vaqt.uz