add

Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalari 10-yanvardan qabul qilinadi

01.12.2025 | 12:544881 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda qishki o‘qishni ko‘chirish faqat davlat OTMlarida ikki turdagi uzrli sabab asosida va oflayn tartibda 20-dekabrdan amalga oshiriladi degan xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning Vaqt.uz ga ma’lum qilishicha qabul 10-yanvardan boshlanadi.

Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalari 10-yanvardan qabul qilinadi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qishki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 10-yanvardan qabul qilish boshlanadi. Jarayon 20-yanvarga qadar davom etadi va onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qishki o‘qishni ko‘chirishga faqat ikki holatda ruxsat beriladi. Birinchi holat — talaba oila qurib, turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirganda.

Ikkinchi holat — davlat organlari xodimi ish joyini o‘zgartirganda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa. Bu holda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiya xati talab etiladi.

Davlat oliygohining biridan boshqasiga o‘qishni ko‘chirishni istaganlar transfer.edu.uz sayti orqali murojaat qilishlari mumkin.

Barcha talabalar belgilangan muddat ichida arizalarini elektron tarzda topshirishlari va zarur hujjatlarni tayyorlashlari lozim.

Teglar

Mavzuga oid