add

Qishloq aholisining 93,9 foizi internetdan foydalanmoqda

09.10.2025 | 14:3038403

O‘zbekistonda qishloq joylarda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ortmoqda. 2025 yilning yanvar–avgust oylarida bu ko‘rsatkich 93,9 foizga yetdi.

Qishloq aholisining 93,9 foizi internetdan foydalanmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, internetdan foydalanish darajasi shahar aholisi orasida ham yuqori — 94,3 foiz. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotganini ko‘rsatadi. So‘nggi besh yilda qishloqlarda internet qamrovi keskin oshgan: agar 2021 yilda bu raqam 72,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 20 foizdan ziyod o‘sish qayd etildi. Hududlardagi infratuzilma yaxshilanishi, yangi bazaviy stansiyalar qurilishi va smartfonlar narxining pasayishi bu o‘sishga ta’sir ko‘rsatgan omillardan hisoblanadi. Shahar joylarda ham foydalanuvchilar ulushi barqaror o‘sishda — 2021 yilda 79,4 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich bu yil 94,3 foizga yetdi. Bu raqamlar shahar va qishloq o‘rtasidagi raqamli farq qisqarayotganini anglatadi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, internet qamrovini 100 foizga yetkazish uchun hozirgi kunda qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Ular qatorida aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish, optik tolali tarmoqlarni kengaytirish va arzon internet xizmatlarini joriy etish kabi yo‘nalishlar bor. Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda ayollar orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi 93,1 foizga yetgan. Erkaklar o‘rtasida esa bu ko‘rsatkich 95,3 foizni tashkil etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid