add

Qizil kitobga kiritilgan 15 bosh ilonni chegaradan olib chiqmoqchi bo‘lishdi

02.06.2025 | 18:202242

Toshkent viloyatidagi «Navoiy» chegara bojxona postida jonzotlar kontrabandasining oldi olindi. Qo‘shni davlat fuqarosi 15 bosh «sharq bo‘g‘ma ilon»ni bojxona ruxsatisiz O‘zbekiston hududidan olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Qizil kitobga kiritilgan 15 bosh ilonni chegaradan olib chiqmoqchi bo‘lishdi
Bojxona organlari va Ekologiya vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro yirik ilonlarni 10 litrli yelim idishda yashirincha tashishga urinayotgani fosh qilindi. Aniqlanishicha, ushbu jonzotlar O‘zbekistonda faqat ma’lum tabiiy hududlarda uchraydigan, noyob va qo‘riqlanuvchi turlar sirasiga kiradi. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, «sharq bo‘g‘ma ilon» turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ularning yashash makoniga Ustyurt platosi, Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Qarshi cho‘li, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi kabi hududlar kiradi. Ushlangan fuqaroga nisbatan qonunbuzarlik holati yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Mutaxassislar ishtirokida noyob jonzotlar Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirildi, deyiladi Bojxona qo‘mitasi xabarida. Bunday holatlar mamlakatda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, noyob turlarni saqlab qolish va ularning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish yo‘lida jiddiy nazorat olib borilayotganidan dalolat beradi.

Teglar

Mavzuga oid