add

Qo‘l brasletlari haqiqatan 10 xil kasallikni davolaydimi?

09.07.2025 | 12:0024433

Internetda keng tarqalayotgan brasletlar immunitet oshirish va og‘riqni yo‘qotish xususiyatiga ega ekani aytilayotgan bo‘lsa-da, mutaxassislar bu kabi ma’lumotlarga ishonch bilan yondashmaslikni tavsiya etmoqda. Rasmiy sinov va tasdiq bo‘lmagan mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish lozim.

Qo‘l brasletlari haqiqatan 10 xil kasallikni davolaydimi?
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p funksiyali qo‘l brasletlariga oid reklama va ma’lumotlar keng tarqalmoqda. Ular ozishga yordam berish, immunitetni oshirish, charchoqni kamaytirish, bosh va bo‘g‘im og‘riqlarini bartaraf etish kabi o‘nga yaqin shifobaxsh xususiyatga ega deb ko‘rsatilmoqda. Ammo Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu kabi mahsulotlar haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishni tavsiya qilmoqda. Qo‘mitaga ko‘ra, qo‘l brasletlarini xarid qilishdan avval mazkur tibbiy mahsulotning klinik sinovlardan o‘tgani va Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlari bilan tanishish kerakligini eslatib o‘tadi. Agar bunday hujjatlar yo‘q bo‘lsa, reklama noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi hisoblanadi! Shu bois, xarid qilmoqchi bo‘lgan har bir iste’molchi tovar haqidagi rasmiy manbalarni o‘rganishi, mahalliy va xalqaro ilmiy tadqiqotlar, sharhlar bilan tanishishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, noto‘g‘ri va noaniq reklama tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid