add

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati aholisi kuchli shamol va chang-to‘zonlardan ogohlantirildi

27.10.2025 | 12:551781

O‘zgidromet 27 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyatining ayrim hududlarida shamol tezligi sekundiga 18 metrgacha yetishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati aholisi kuchli shamol va chang-to‘zonlardan ogohlantirildi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 27 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatining ayrim tuman va shaharlarida shamol sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimol qilinmoqda.

O‘zgidromet shu hududlar aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi. Ochiq havodagi faoliyatlarni vaqtincha cheklash, zarurat bo‘lmasa uzoq masofaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda. Shuningdek, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishlari kerak aytib o‘tilgan.

Teglar

Mavzuga oid