add

Qoraqalpog‘istonda IT universitet va startaplar texnoparki ishga tushadi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo qilinadi. U yerda IT universitet, startaplar texnoparki va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuritadi.

Qoraqalpog‘istonda IT universitet va startaplar texnoparki ishga tushadi

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida xabar berildi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Xo‘jayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi. Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qo‘llab-quvvatlash innovatsion guruhlari, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha ob’ektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga beg‘araz o‘tkazib beriladi.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kelgusi yildan «Kiberhuquq» yo‘nalishi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Qoraqalpog‘istonda IT universitet va startaplar texnoparki ishga tushadi | Vaqt.uz