add

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Poyezdda 216 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan.

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, hodisa bugun, 6 oktyabr kuni soat 15:31 da To‘rtko‘l va Ellikqal’a stansiyalari o‘rtasidagi 531-kilometrda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. «Qo‘ng‘irot ‒ Andijon» yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi «KamAZ» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Yuk mashinasi temiryo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan. Mashina haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyiga jo‘natilgan. Qayd etilishicha, hodisa joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Teglar: Qoraqalpog‘iston, poyezd, yo‘lovchi, to‘qnashuv, temir yo‘l, transport SEO title: Qoraqalpog‘istonda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 216 yo‘lovchi jarohatsiz Meta description: Qoraqalpog‘istonda “Qo‘ng‘irot – Andijon” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. 216 yo‘lovchi sog‘lom holda evakuatsiya qilindi, haydovchi shifoxonaga jo‘natildi.

Teglar

Mavzuga oid

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi | Vaqt.uz