add

Qoraqalpog‘istondagi tuz koniga 200 mln dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi

Prezident qaroriga muvofiq Qo‘ng‘irot tumanidagi «Barsakelmes» tuz koni hududida tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan yangi sanoat zonasi tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘istondagi tuz koniga 200 mln dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–333-sonli prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida xabar berildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, «Barsakelmes» tuz konida 2026 yilda kamida 50 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2026–2030 yillarda jami 200 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilinadi.

Qarorga asosan Qo‘ng‘irot tumanidagi «Barsakelmes» tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan «Kungrad Salt Free Zone» sanoat zonasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 2025–2026 yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo qilinib, u yerda IT universitet, startaplar texnoparki va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuritishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Qoraqalpog‘istondagi tuz koniga 200 mln dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi | Vaqt.uz