add

Qozog‘iston harbiy zavodlarni NATO standartlariga o‘tkazmoqda

Bugun 18:09412 daqiqa

Qozog‘iston ASPAN milliy loyihasi doirasida NATO standartlariga mos harbiy zavodlar qurib, artilleriya o‘q-dorilari ishlab chiqarishda importga qaramlikni kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘iston harbiy zavodlarni NATO standartlariga o‘tkazmoqda

Qozog‘iston hukumati ASPAN milliy loyihasi doirasida artilleriya snaryadlari va minalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘rtta yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 1 mlrd AQSH dollariga baholanmoqda.

Moscowtimes.ru nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yangi korxonalar NATO standartlariga to‘liq mos ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bu Qozog‘iston armiyasining o‘q-dori ta’minotida tashqi manbalarga qaramligini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan.

RTVI’ga intervyu bergan yuqori lavozimli qozog‘istonlik harbiyga ko‘ra, mamlakat uzoq yillar davomida na artilleriya snaryadlari, na o‘qotar qurollar uchun patronlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Natijada harbiy qobiliyat asosan sovet davridan qolgan zaxiralar va Rossiya hamda sobiq ittifoq davlatlaridan yetkazib beriladigan mahsulotlarga bog‘liq bo‘lib qolgan.

Zavodlar qurilishi bilan Great Sky kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kompaniya rahbariyati ta’kidlashicha, Qozog‘istonda o‘q-dori ishlab chiqarish uchun zarur barcha xomashyo — metall, paxta, kimyoviy moddalar mavjud. ASPAN loyihasi doirasida NATO standartlaridan tashqari, Rossiya andozalaridagi 82 mm, 120 mm, 122 mm va 152 mm kalibrli o‘q-dorilar ham ishlab chiqariladi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi yangi zavodlar ichki ehtiyojni to‘liq qoplash bilan birga, kelajakda eksport imkoniyatlarini ham ochishini kutmoqda. Biroq hozircha mamlakatda harbiy mahsulot eksportiga to‘liq taqiq amal qiladi. Shu bilan birga, Rossiya Qozog‘istonning eng yirik harbiy-texnik hamkori bo‘lib qolmoqda, ammo G‘arb standartlariga moslashuv dasturlari ulushi bosqichma-bosqich ortib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid