add

Qozog‘iston suyultirilgan gaz eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytirdi

Istisnolar yer qa’ridan foydalanuvchilar, Qorachag‘anoq, tranzit va gumanitar yordam uchun belgilangan.

Qozog‘iston suyultirilgan gaz eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytirdi

Qozog‘iston olti oy muddatga avtomobil va temir yo‘l transportida suyultirilgan gazni olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etmoqda. Tegishli buyruq Energetika vazirligida imzolangan va bugundan, 14-noyabrdan kuchga kiradi.

Hujjatga ko‘ra, taqiq suyultirilgan neft gazi, propan va butanga taalluqli.

Bunda ko‘rsatilgan cheklovlar to‘rt holatda qo‘llanilmaydi:

— Prezident tomonidan tasdiqlangan mahsulot taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlar yoki yer qa’ridan foydalanish shartnomalari doirasida faoliyat yuritayotgan hamda soliq rejimi barqarorligiga ega bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan olib chiqilishi.

— Qorachag‘anoq konining qozoq xomashyosidan ishlab chiqarilgan (qayta ishlangan) mahsulotlarini eksport qilish. Bunda majburiyatlar xalqaro shartnomalar bilan mustahkamlangan.

— Yo‘nalishlari Qozog‘iston hududidan tashqarida boshlanadigan va tugaydigan tranzit tashishlar.

—Hukumat qarori asosida ko‘rsatiladigan gumanitar yordam.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2025 yil may oyining o‘rtalarida ichki bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida suyultirilgan neft gazi, propan va butanni avtomobil va temir yo‘l transporti orqali olib chiqishga qo‘yilgan oldingi olti oylik taqiq muddati uzaytirilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘iston suyultirilgan gaz eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytirdi | Vaqt.uz