add

Qozog‘istonda bank xodimlari odamlarni o‘g‘irlab, nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi

02.09.2025 | 21:0042824

Bank xodimlaridan iborat uyushgan jinoiy guruh aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan odam o‘g‘irlab, ularning nomiga katta miqdorda kreditlar rasmiylashtirgan.

Qozog‘istonda bank xodimlari odamlarni o‘g‘irlab, nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati prokuraturasi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni o‘g‘irlash va ularning nomiga yirik bank kreditlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga nisbatan tergovni yakunladi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr kuni mahalliy nashrlar ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, uyushgan jinoiy guruh mamlakatning turli hududlaridan kelgan 25 kishidan iborat bo‘lgan. Ular orasida qator banklar («Kaspi Bank», «Forte Bank», «Yevrosiyo banki», «Jusan bank») xodimlari bo‘lib, 5 yildan ortiq vaqt davomida firibgarlik harakatlarini sodir etgan. "Ular orasida bir qator banklar (Kaspi Bank, ForteBank, Yevroosiyo banki, Jusan Bank (hozirgi Alatau City Bank) xodimlari bor bo‘lib, ularning ishtirokida besh yildan ortiq vaqt davomida firibgarlik harakatlari amalga oshirilgan. Jinoyatdan 348 nafar fuqaro jabr ko‘rgan, yetkazilgan zarar miqdori 3,7 milliard tenge (6,8 million dollar)ni tashkil etgan. Tergov jarayonida jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan mol-mulk: Olmaotadagi kvartiralar va yer maydonlari, qimmatbaho avtomobillar, katta miqdordagi naqd pullar aniqlangan. Musodara qilingan mulkning umumiy qiymati 2,7 milliard tenge (taxminan 5 million dollar) bo‘lgan. «Guruhning barcha a’zolari hibsga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirgi paytda jinoyat ishi jinoyat jarayoni ishtirokchilariga tanishib chiqish uchun topshirilgan bo‘lib, ish yuzasidan yakuniy qarorni sud chiqaradi», - deb xabar berdi matbuot xizmati. ORDA.kz xabar berishicha, keng ko‘lamli tergov Zerendi tumani aholisining shikoyatlaridan so‘ng boshlangan. Asosan nafaqaxo‘rlar va kambag‘al aholi vakillari o‘zlari olmaganlariga qaramay, nomlariga kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilishgan. Tuman prokurori tekshiruv o‘tkazishni taklif qilgan, shundan so‘ng 2024 yil noyabr oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘sha paytda to‘rt yuzga yaqin kishi jinoyatchilar qurboni bo‘lgani aytilgan.

Teglar

Mavzuga oid