add

Qozog‘istonda burqa kiyish taqiqlanmoqda

26.06.2025 | 23:3022253

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi — Majlis jamoat joylarida yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni taqishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu o‘zgartishlar jinoyatlarni oldini olish va shaxslarni aniqlash imkoniyatlarini yaxshilash maqsadini ko‘zlagan.

Qozog‘istonda burqa kiyish taqiqlanmoqda
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi — Majilis, 2025 yil 25 iyun kuni jamoat joylarida yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni taqishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun loyihasi prezident imzosiga yuborilgan. Bu haqda «Zakon.kz» nashri xabar berdi. «Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi — Majlis jamoat joylarida yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni taqishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun loyihasi imzolash uchun prezidentga yuborildi», - deya xabar bermoqda «Zakon» nashri. Senator Naurizbay Bayqadamovning ta’kidlashicha, mazkur cheklov tibbiy ehtiyojlar, ob-havo sharoiti yoki ish jarayonida talab etiladigan holatlardan mustasno. Uning aytishicha, yuzni ko‘rishga to‘sqinlik qiluvchi kiyimlarni taqishni cheklash jamoat joylarida jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun, bu kabi cheklovlar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham amalga kiritilgan. Qirg‘izistonda 2025 yil yanvarda shunday qonun qabul qilingan bo‘lib, u “shahsni aniqlash imkonini bermaydigan” kiyimlarni taqiqlaydi. Tojikistonda 2024 yil iyunda milliy «madaniyatga xilof» deb hisoblangan kiyimlarni sotish va kiyish taqiqlangan. O‘zbekiston esa bunday taqiqni 2023 yildayoq joriy etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘istonda burqa kiyish taqiqlanmoqda | Vaqt.uz