Qozog‘istonda ilk bor YAIM hajmi 300 mlrd dollardan oshdi
Prezidentning ta’kidlashicha, xalqaro muhit yomonlashib borayotganiga qaramay Qozog‘iston muvozanatli siyosat yuritmoqda va ishonch bilan oldinga siljimoqda. To‘qayev o‘tgan yili milliy iqtisodiyot 6,5 foizga o‘sganini ta’kidladi, bu global rivojlanish sur’atlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkichdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi esa 2019 yildan beri bir yarim baravar o‘sib, 15 000 AQSH dollariga yetdi.

Qosim Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston parlamentining qo‘shma majlisida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari mamlakatni yangi iqtisodiy modelga o‘tayotganini aytdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, xalqaro muhit yomonlashib borayotganiga qaramay Qozog‘iston muvozanatli siyosat yuritmoqda va ishonch bilan oldinga siljimoqda.
To‘qayev o‘tgan yili milliy iqtisodiyot 6,5 foizga o‘sganini ta’kidladi, bu global rivojlanish sur’atlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkichdir. Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti tarixda birinchi marta 300 milliard AQSH dollaridan oshdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi esa 2019 yildan beri bir yarim baravar o‘sib, 15 000 AQSH dollariga yetdi.
Kuni kecha Qozog‘iston Senati o‘zining so‘nggi yig‘ilishini o‘tkazgan edi. Yangi Konstitutsiyaga muvofiq, 2026 yil 1-iyuldan boshlab Senat tugatiladi va uning o‘rniga bir palatali «Qurultoy» tashkil etiladi. Shu bilan birga, «Xalq Kengesi» nomli yangi maslahat organi ham tashkil etiladi.





