add

Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Bugun 09:381541

Qozog‘iston parlamenti LGBT haqidagi ma’lumotlarni filmlar, reklama va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi.

Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Qozog‘iston Majlisi ikkinchi o‘qishda LGBT targ‘ibotini taqiqlashga oid qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda mahalliy Tengrinews nashri xabar berdi.

Yangi qonun «noan’anaviy yo‘nalishni targ‘ib qilish» tushunchasini rasman kiritib, uni ommaviy axborot vositalari, reklama, kino, ta’lim tizimi hamda onlayn platformalarda tarqatishni taqiqlaydi.

Qonun loyihasi bir vaqtning o‘zida bola huquqlari, reklama, aloqa, madaniyat, ta’lim, kino, ommaviy axborot vositalari va onlayn platformalarga oid to‘qqizta qonunga o‘zgartish kiritishni nazarda tutadi. Bu o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda mamlakat hududida LGBT mavzusidagi filmlar, reklama mahsulotlari va ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday eslatmalar qonundan tashqari faoliyat hisoblanishi mumkin.

Hozircha cheklovlarni buzganlarga nisbatan qanday jazo choralari qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilmadi. Qonun kuchga kirishi uchun uni Senat ma’qullab, prezident Qosim-Jomart To‘qayev imzolashi lozim.

Majlis deputati Yelnur Beysenbayev yig‘ilishda qonun LGBT hamjamiyatining o‘zini emas, balki bu mavzudagi ma’lumotlarni jamoatchilikka tarqatishni cheklashga qaratilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus yoshlarning ma’naviy rivojiga va oilaviy qadriyatlarni muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi | Vaqt.uz