add

Qozog‘istonda sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tuziladi

08.09.2025 | 18:3034963

Qozog‘istonda yangi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etiladi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning aytishicha, uni bosh vazir o‘rinbosari darajasidagi mutaxassis boshqaradi.

Qozog‘istonda sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tuziladi
To‘qayev xalqqa murojaatida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish uchun raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.
«Biz keng ko‘lamli raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyasini faol joriy etish asosida iqtisodiyotni modernizatsiya qilishimiz kerak. Birinchi qadam sifatida Raqamli Kodeksni qabul qilishni jadallashtirishimiz kerak. Ushbu hujjat raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan sun’iy intellekt, platforma iqtisodiyoti, katta ma’lumotlardan foydalanish va boshqa jihatlarni belgilashi kerak. Yangi texnologik tizimning bir qismi bo‘lishi uchun davlat boshqaruvi tizimini ko‘p tomonlama qayta tashkil etish zarur bo‘ladi. Shu bois, hozirgi ixtisoslashtirilgan vazirlik negizida Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligini tashkil etish zarur, unga bosh vazir o‘rinbosari darajasidagi mutaxassis rahbarlik qilishi kerak, deb hisoblayman» — dedi To‘qayev
Avvalroq Qozog‘iston parlamentida Raqamli kodeks loyihasi muhokama qilingan edi. Deputat Nurtay Sabilyanovning aytishicha, loyiha mamlakatda jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga, sun’iy intellektni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid