add

Qozog‘istonlik erkak qamoqda yashashni istagani uchun jinoyat sodir etdi

25.09.2025 | 20:4027183

U bepul ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanish uchun Ostonadagi avtovokzalga bomba qo‘yilgani haqida yolhon gapirgan.

Qozog‘istonlik erkak qamoqda yashashni istagani uchun jinoyat sodir etdi
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida uchinchi marta soxta terakt haqida xabar bergan erkakka sud hukmi e’lon qilindi. Tengrinews.kz viloyat sudi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, u bu ishni yana qamoqxonaga tushish maqsadida ataylab qilgan. Arshalin tuman sudi terrorchilik harakatlari to‘g‘risida qasddan yolg‘on xabar bergani uchun ilgari ikki marta sudlangan cho‘pon M.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqqan. 2025 yil avgust oyida u yana 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yo Ostonadagi avtovokzalga bomba qo‘yilganini aytgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib borgan, biroq xabar o‘z tasdig‘ini topmagan. «Sudda M. aybini tan oldi va o‘z harakatlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bepul ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanish istagi hamda hozirda doimiy yashash joyiga ega emasligi bilan izohladi», - deyiladi xabarda. Sud erkak ilgari ham shunga o‘xshash jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgani, ammo tegishli xulosa chiqarmaganini inobatga oldi. Unga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid