add

Qozog‘istonning 17 qishlog‘i spirtli ichimlikdan butunlay voz kechdi

05.08.2025 | 12:0021303

Qozog‘istonning Qo‘stanoy viloyatidagi 17 ta qishloq aholisi spirtli ichimlik iste’molini butunlay to‘xtatdi. Hududda mast holda sodir etiladigan jinoyatlar soni 3,3 foizga kamaygan.

Qozog‘istonning 17 qishlog‘i spirtli ichimlikdan butunlay voz kechdi
Qozog‘istonning Qo‘stanoy viloyatida yana 17 ta qishloq aholisi «Madaniy jamiyat» loyihasi doirasida spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishga qaror qildi. Politsiya bu qadamni sog‘lom turmush tarzining namunasi sifatida baholamoqda. Loyiha mahalliy jamoatchilik faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Shahar va qishloqlarda hurmatga sazovor fuqarolar, oqsoqollar, diniy yetakchilar va faollardan iborat komissiyalar tashkil etilgan. Ular alkogolga qaram shaxslarga ma’naviy yordam ko‘rsatib, tushuntirish ishlarini olib boradi. Viloyat politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan beri mast holda sodir etilgan jinoyatlar 3,3 foizga kamaygan. Shu bilan birga, jamoat tartibini buzishga moyil shaxslar, oilaviy zo‘ravonlar va surunkali ichkilikka odatlanganlar ustidan nazorat kuchaytirilgan. Sudlar tomonidan spirtli ichimlikni hatto uyda iste’mol qilishni taqiqlovchi 2 600 ta qaror chiqarilgan. Loyiha doirasida alkogol savdosiga qarshi reydlar ham o‘tkazilmoqda. Yil boshidan buyon 217 ta qonunbuzarlik – tungi vaqtda yoki voyaga yetmaganlarga spirtli ichimlik sotish holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, Ostona yaqinidagi Qosshi va Taytobe qishloqlari, Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Ko‘kbastav, Terekti, Januzaq va Baytog‘as qishloqlari ham ichkilikdan voz kechgan. Bu yerlarda jinoyatchilik darajasi mutlaqo nolga tushgan. Abay viloyatidagi Tana-Mirza qishlog‘ida esa so‘nggi uch yilda alkogol bilan bog‘liq birorta ham jinoyat qayd etilmagan.

Teglar

Mavzuga oid