add

Qurilish korxonalariga o‘tgan yilga nisbatan 845,5 mlrd so‘m ko‘p soliq imtiyozlari berildi

Bugun 15:45792

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalariga qariyb 2,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berildi. 2025 yilda to‘langan soliqlar o‘tgan yilga nisbatan qariyb 575 mlrd so‘mga kamaygan.

Qurilish korxonalariga o‘tgan yilga nisbatan 845,5 mlrd so‘m ko‘p soliq imtiyozlari berildi

2025 yil yanvar–sentabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 30 384 ta yuridik shaxs tomonidan 6 trln 375,7 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning 9 oylik tovar aylanmasi 131 trln 266,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shu jumladan, ularga nisbatan 2 trln 68,2 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilgan.

000

Shuningdek, 1 trln so‘mdan ortiq, ya’ni jami soliqlarning 16,7 foizi 20 ta korxona ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami tovar aylanmasi 18 trln so‘mdan ziyod, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari miqdori esa 328,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona ro‘yxatida «Discover Invest» (143,1 mlrd. so‘m), «Agromir Buldings» (89,8 mlrd.so‘m), «Trest-12» (74,7 mlrd.so‘m) kompaniyalari peshqadam bo‘lgan.

O‘tgan yilning yanvar–sentabr oylarida eng ko‘p soliq to‘laganlar ro‘yxatining kuchli uchligidan «Discover Invest» (90,3 mlrd. so‘m), «O‘zshahar qurilish invest» (86,5 mlrd.so‘m), «UET Construction» (78,7 mlrd. so‘m) korxonalari joylashgan bo‘lsa, joriy yilda «O‘zshahar qurilish invest» kompaniyasi (31,4 mlrd so‘m) ro‘yxatda 18-o‘rinda, «UET Construction» esa (39,7 mlrd so‘m) ro‘yxatning 12 pog‘onasidan joy olgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning yanvar–sentabr oylarida 31 137 ta qurilish korxonasi 6 trln 950,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Ya’ni, 2025 yilda soliqlar o‘tgan yilga nisbatan qariyb 575 mlrd so‘mga kamaygan.

Bundan tashqari, 2025 yilda soliq to‘lovchi qurilish korxonalari soni 753 taga kamaygan bo‘lsa ham, korxonalarning jami tovar aylanmasi 2024 yilning mos davriga nisbatan 21,2 trln so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, 2025 yilning 9 oyida qurilish korxonalariga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 845,5 mlrd so‘mga ortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil 4-noyabr holatiga ko‘ra, 59,1 mlrd so‘m QQS turizm, umumiy ovqatlanish va ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Qurilish korxonalariga o‘tgan yilga nisbatan 845,5 mlrd so‘m ko‘p soliq imtiyozlari berildi | Vaqt.uz