add

Qurilish oynasi chiqindisi uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

02.07.2025 | 11:0041243

O‘zbekistonda qurilish materiallari sohasida chiqindilarni qayta ishlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Loyiha orqali oyna chiqindisi uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.

Qurilish oynasi chiqindisi uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
O‘zbekistonda qurilish materiallari sohasini texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lum qildi. Qonun loyihasining asosiy maqsadi chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashdan iborat. Qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash va ular bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi belgilanmoqda. Bu tizim orqali chiqindilarni samarali boshqarish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, qonun loyihasida qurilish oynasi sifati va uning ekologik talablarga muvofiqligini oshirish ko‘zda tutilgan. Loyiha mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yetishishini ta’minlaydi. Deputatlarning ta’kidlashicha, ushbu choralar mahalliy qurilish oynasi eksport salohiyatini ham kengaytirish imkonini beradi. Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va keyingi muhokamalarda yana takomillashtirilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Qurilish oynasi chiqindisi uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi | Vaqt.uz