add

Quyosh yoki issiq urishidan qanday saqlanish mumkin?

06.07.2025 | 17:001434

Ob-havo keskin isib ketgan kunlarda inson tanasini quyosh va issiq urishidan himoyalashi juda muhim. Bu holat nafaqat bolalar va qariyalar, balki sog‘lom insonlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Vaqtida qoidalarga amal qilish inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Quyosh yoki issiq urishidan qanday saqlanish mumkin?
Kunlar qizib borayotgan bu faslda quyosh va issiq urishidan ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, quyosh urishi asosan ochiq havoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida yurgan paytda ro‘y beradi, ammo issiq ta’siri bir necha soat o‘tib ham namoyon bo‘lishi mumkin. Quyosh urishidan saqlanish uchun birinchi navbatda soat 10:00 dan 17:00 gacha quyosh ostida yurmaslik zarur. Faqat tabiiy matodan tayyorlangan yengil va yorqin rangli kiyimlarda bo‘lish tavsiya etiladi. Bosh kiyim va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish ham shart. Suv ichishda me’yorga rioya qilish kerak. Tez-tez va kam-kamdan suv, yoki yengil damlangan choy, sharbatlar va mineral suvlar iste’mol qilish foydali. Bundan tashqari, quyoshda bo‘lgan paytda quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish zarur. Quyoshdan qaytgach, albatta sovuq suv bilan yuvinish yoki tana qismlarini nam sachoq bilan artish tavsiya qilinadi. Yana bir muhim qoida — och qorin bilan yoki ovqatdan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik kerak. Quyosh yoki issiq urishining belgilari quyidagicha: umumiy halsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, yurak urishi va nafas olish tezlashishi, ba’zida tanada og‘riq va qon ketishi, og‘ir holatlarda hushni yo‘qotish, tutqanoq va gallyutsinatsiya holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda birinchi yordam juda muhim. Bemorni salqin joyga olib o‘tish, boshini sal ko‘tarib, kiyimini yechish va toza havo ta’minlashi zarur. Bemor hushida bo‘lsa, unga tuzli suv yoki yengil damlangan choy berish mumkin. Boshini nam sachoq bilan artish yoki muzli suv bilan sovitish tavsiya etiladi. Og‘ir hollarda tez yordam shifokorini chaqirish yoki bemorni tez orada shifoxonaga yetkazish talab qilinadi. Vaqtida ko‘rsatilgan yordam inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid