
Quyoshda xavfsiz yurish uchun ilova yaratildi
15.07.2025 | 15:1521012
Twitter yaratuvchisi Jek Dorsi «Sun Day»nomli yangi ilova ishlab chiqdi. U quyoshda qancha vaqt xavfsiz qolish mumkinligini va tanangiz qabul qilayotgan D vitamini miqdorini taxminan hisoblab beradi.
Ilova foydalanuvchi joylashuviga qarab ultrabinafsha nurlanish indeksini ko‘rsatadi, kunduzgi yorug‘lik uzunligini aniqlaydi va har kuni teriga tushayotgan quyosh ta’sirini hisoblaydi. Ishni boshlashdan avval foydalanuvchi o‘zining terisi turini va kiyinish uslubini tanlaydi. So‘ng «Boshlash» tugmasi bosilsa, ilova tashqi muhitda kuyishsiz qancha vaqt o‘tkazish mumkinligini aniqlaydi.
«Sun Day» ilovasi TestFlight orqali iOS qurilmalari uchun sinov tariqasida taqdim etilgan. Ilovaning manba kodi GitHub platformasida ochiq. Bu mahsulot nafaqat sog‘lom hayot tarafdorlari, balki quyosh ta’siridan ehtiyot bo‘lishni istagan foydalanuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
Bu innovatsiya Jek Dorsining ijtimoiy tarmoqlardan tashqari sog‘liqqa oid texnologiyalar sohasiga qiziqishini ko‘rsatmoqda.





